113-modda. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojxona bojlari, soliqlar to'lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek O'zbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaxslarga, O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslarga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o'tmayotgan jismoniy shaxslarga hamda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaxslarga boj olinmaydigan savdo do'konlarida tovarlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) ruxsat etilmaydi.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish boj olinmaydigan savdo do'konlarida bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.