117-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Har qanday tovar quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtiriladi:
tovarning bojxona hududi orqali tranziti O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq taqiqlanmagan bo'lsa;
agar qonunchilikka muvofiq tovarning bojxona hududi bo'ylab tranzitiga faqat tegishli ruxsatnomalar asosida yo'l qo'yilsa, tovarga nisbatan shunday ruxsatnomalar mavjud bo'lsa.
Bojxona tranziti bojxona rejimida tovarni tashish ushbu Kodeksning 31-bobida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalari, quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tiladigan tovarlar bojxona tranzitining bojxona rasmiylashtiruvi ushbu Kodeksning 24 va 25-boblariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sharti bilan bojxona hududi orqali bojxona tranzitiga yo'l qo'yiladigan tovarlarning ro'yxati qonunchilikda belgilanadi.
Ayrim turdagi tovarlarning bojxona hududi orqali bojxona tranziti bojxona rejimida olib o'tilishiga nisbatan qonunchilik bilan boshqa talablar va shartlar ham belgilanishi mumkin.
Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeksning 3-bobiga muvofiq bojxona organi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.