129-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Tovardan davlat foydasiga voz kechish davlatning biror-bir xarajat qilishiga sabab bo'lmasligi kerak.

Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga quyidagi tovar joylashtirilmaydi:

bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;

muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan tovar;

agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo'lsa, bojxona organlarining axborot tizimida unga nisbatan ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasi bo'lmagan tovar.

Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs uni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bog'lik barcha xarajatlarni o'z zimmasiga oladi.

Tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin vakolatli shaxs mazkur bojxona rejimini boshqasiga almashtirishga haqli emas.

Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi uchun har qanday uchinchi shaxs oldida javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida bo'ladi.

Bojxona organi:

vakolatli shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarga nisbatan uchinchi shaxslarning biror-bir mulkiy talabini qanoatlantirmaydi;

tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar tashuvchining, ombor egasining yoki boshqa shaxslarning shu tovarni tashish, saqlash, u bilan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar o'tkazish bilan bog'liq biror-bir xarajatining o'rnini qoplamaydi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.