159-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositasini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish shartlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to'qson kalendar kundan oshmasligi lozim. Bunda transport vositasini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lagan holda yuqorida ko'rsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo'l qo'yiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan e'tiboran boshlanadi.

Yig'im undirilguniga qadar transport vositasi bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatib o'tilgan yig'im quyidagi hollarda to'lanmaydi:

bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;

agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo'lsa.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.