163-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to'lovlarini to'lash

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Jismoniy shaxslar tomonidan qo'l yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib o'tilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq bo'lsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga yagona bojxona to'lovi to'lanadi.

Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona to'lovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qo'llanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalari mustasno.

Yagona bojxona to'lovi notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va to'ldirilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadi.

Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona to'lovlarini to'lagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi).

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlar uchun olib o'tilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona kirim orderini to'ldirish va yagona bojxona to'lovini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.