175-modda. Erkin omborlar

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo'lib, u tovarlarni erkin ombor bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun mo'ljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o'z ichiga oladi.

Erkin omborning ishlashini ta'minlash uchun zarur O'zbekiston tovarlariga erkin ombor bojxona rejimi qo'llanilmaydi.

Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi bo'lgan alohida binolarda qonunchilikka muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.