180-modda. Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish joylari va doiralari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona nazorati zonalari bojxona chegarasi bo'ylab, shuningdek quyidagi joylarda tashkil qilinadi:

bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan joylarda;

bojxona tartib-taomillari va operatsiyalari bajariladigan joylarda;

tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanadigan, boshqa transport vositasiga ortiladigan, bojxona ko'zdan kechiruvidan va bojxona ko'rigidan o'tkaziladigan joylarda;

bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiyotgan transport vositalarining to'xtab turish joylarida.

Bojxona nazorati zonalarining doiralari fizik-geografik va mahalliy sharoitlarni, tashqi iqtisodiy va xo'jalik faoliyatining xususiyati va jadalligini, shuningdek unda belgilangan rejimni saqlab turishga bevosita ta'sir ko'rsatadigan boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Bojxona nazorati zonalari tegishli belgilar bilan qo'yiladi. Bojxona nazorati zonasining maydoni barcha majburiy bojxona tartib-taomillari to'liq hajmda bajarilishi uchun yetarli bo'lishi kerak.

Doimiy bojxona nazorati zonalari doiralarida bojxona organlari tomonidan jismoniy shaxslarning, tovarlarning va transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari belgilanadi. Zarur bo'lgan hollarda, yo'nalishlar O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining bo'linmalari va (yoki) hududida bojxona organlari o'z vazifalarini bajarayotgan tashkilot bilan kelishiladi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.