185-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanadigan joylarga kirishini ta'minlash

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan o'tishi lozim bo'lgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli bo'lgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini ko'rsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida ob'yektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan bo'lsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu ob'yektlarga O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.