187-modda. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tekshirish

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini taqdim etilgan hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligini hamda ushbu hujjatlarning, tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi.

Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojxona organi tovar va (yoki) transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi miqdori va qiymatining bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarga hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojxona tartib-taomillarini bajaradi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.