206-modda. Dastlabki ma'lumotni taqdim etish

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Xavfni boshqarish tizimini qo'llashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, bojxona ishi sohasida litsenziyalarga va ruxsatnomalarga ega bo'lgan shaxslar tomonidan yuk, yo'lovchilar, transport vositalari to'g'risida dastlabki tarzda taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi.

Bojxona organlari O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan dastlabki axborot almashinuvini amalga oshiradi.

Vakolatli shaxslar O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yo'l va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yo'lovchilar va ularning bagajlari to'g'risidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon axborot tarmog'i orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart.

Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning to'g'riligi uchun javobgar bo'ladi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.