220-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tranzit deklaratsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududi bo'ylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari bo'yicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi.
Olib chiqilayotgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi (bundan jismoniy shaxslar tomonidan doimiy yashash joyi o'zgarganligi munosabati bilan bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan shaxsiy mol-mulk mustasno).
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tranzit deklaratsiyasi sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.