229-modda. Guvohnoma olish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi bojxona organiga O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning ko'chirma nusxasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o'ngdan ko'rinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qo'yiladigan joyning tasviri mavjud bo'lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining ko'pi bilan ikki tomonini bir vaqtning o'zida tasvirlashga yo'l qo'yiladi.
Konstruksiyaning turi bo'yicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat ko'rsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan bo'lsa, o'sha bojxona organiga O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o'ngdan ko'rinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qo'yiladigan joyning tasviri mavjud bo'lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining ko'pi bilan ikki tomonini bir vaqtning o'zida tasvirlashga yo'l qo'yiladi.
Arizachidan ushbu moddada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Hujjatlardagi ma'lumotlarning to'g'riligi uchun arizachi javobgar bo'ladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.