243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi O'zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari o'rtasida tuzilgan, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tish bilan bog'liq bo'lgan va qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida o'zaro hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud bo'lgan axborot bojxona yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati bo'yicha tavsiflarining hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida ko'rsatilgan ma'lumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan muddati o'tkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yo'qligi aniqlanadi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.