249-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga ro'yxati va topshirilish muddatlari ushbu Kodeksda belgilangan hujjatlar hamda ma'lumotlar taqdim etilishi kerak.
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi to'lovchining shaxsiy hisobvarag'i bo'yicha bojxona to'lovlari to'langanligi (bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lashga muhlat berilgan hollar bundan mustasno) to'g'risidagi, xizmat ko'rsatuvchi banklar (g'aznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotlar mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishini talab etuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organi bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatning mavjudligini tekshiradi.
Bojxona organlarining axborot tizimida tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo'lmagan taqdirda bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini rad etish huquqiga ega.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz tovarning chiqarib yuborilishiga yo'l qo'ygan bojxona organining mansabdor shaxsi belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi lozim.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.