263-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo'ladigan hujjatlar va qo'shimcha ma'lumotlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga zarur hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasida va taqdim etilgan boshqa hujjatlarda ko'rsatilgan axborotni tekshirish uchun qo'shimcha ma'lumotlarni so'rab olishga haqli. Mazkur hujjatlarning va qo'shimcha ma'lumotlarning ro'yxati bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilanadi.
Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qo'llaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilaydi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.