268-modda. Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Tovarlar bojxona chegarasi orqali quvur transportida yoxud elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tilayotganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini berish yo'li bilan tovarlarni dastlabki tarzda deklaratsiyalashga yo'l qo'yiladi. Tovarlar bojxona chegarasi orqali bojxona organi tomonidan belgilangan muddatlarda amalda olib o'tilganidan keyin deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasini berishi shart.

Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning chamalangan miqdorida olib o'tish maqsadlaridan, bojxona chegarasidan olib o'tish rejalashtirilayotgan tovarlarning miqdoriga va (yoki) tovarning kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlarida nazarda tutilgan bahosini aniqlash tartibiga, shuningdek tovarlarning taxminiy sifatiga ko'ra aniqlanadigan shartli bojxona qiymatidan (bahosidan) kelib chiqqan holda ma'lumotlarni bayon etishga yo'l qo'yiladi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.