270-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi bo'yicha tovar kodining o'nta belgili darajasi bir xil bo'lgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib o'tilgan taqdirda qo'llaniladi.
Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib o'tish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan ko'p marta bitta yuk jo'natuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib o'tilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng ko'p muddati yoki bojxona to'lovlarini to'lash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.