274-modda. Deklarantga qo'yiladigan talablar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Quyidagilar deklarant bo'lishi mumkin:
1) O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi;
2) chet ellik shaxs:
tovarlarni notijorat maqsadlarda olib o'tuvchi jismoniy shaxs;
ushbu Kodeksning X bo'limiga muvofiq bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaxs;
Norezidentning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi;
O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatxonaga ega bo'lgan shaxs shunday vakolatxonalarning o'z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni ma'lum qilganda;
tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda.
3) tovarlar tranzit bojxona rejimida tashilayotganda:
«O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyati — temir yo'l transportida;
tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaxs (haydovchi yoki vakolatli shaxs) — avtomobil transportida.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.