28-modda. Bojxona rejimi shartlari va talablariga rioya etilishiga javobgar shaxslar

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida bo'ladi.

Vaqtincha saqlash, bojxona ombori yoki erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojxona nazoratini chetlab berilgan yoki yo'qotilgan taqdirda javobgarlik:

agar tovar bojxona omborida turgan bo'lsa, bojxona ombori egasining;

agar tovar bojxona ombori bo'lmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan bo'lsa, tovarlarni mazkur joylarga bojxona ombori rejimiga joylashtirgan shaxsning;

agar tovar erkin omborda turgan bo'lsa, erkin ombor egasining zimmasida bo'ladi.

Bojxona tranziti bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar bo'ladi.

Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo do'konining egasi javobgar bo'ladi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.