3-modda. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikning vaqt bo'yicha amal qilishi

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda bo'lgan qonunchilik qo'llaniladi.

Bojxona to'g'risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emas va agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo'llaniladi.

Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan bojxona to'g'risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega.

Bojxona to'lovlarini bekor qilish, bojxona to'lovlari stavkalarini kamaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlarini bekor qilish yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi bojxona to'g'risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega bo'lishi mumkin, agar bu bojxona to'g'risidagi qonunchilikda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan bo'lsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Bojxona to'g'risidagi qonunchilik, agar hujjatlarning o'zida kechroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bojxonaga oid huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda bo'lgan qonunchilik hujjatlari asosida qo'llaniladi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.