302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qo'llash orqali amalga oshiriladi:
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha;
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha;
o'xshash tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha;
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
qiymatlarni qo'shish asosida;
zaxira usul.
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qo'llash mumkin bo'lmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi xatboshilarida ko'rsatilgan usullar ketma-ketlikda qo'llaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qo'llanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin bo'lmasa, yo'l qo'yiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qo'shish usullari teskari ketma-ketlikda qo'llanilishi mumkin.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.