312-modda. Qiymatlarni qo'shish asosidagi usul

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Qiymatlarni qo'shish asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qo'shish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi:

a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;

b) ushbu moddaning «a» bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o'sha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni o'sha klassdagi va turdagi tovarni O'zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;

v) ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining «a» bandida ko'rsatilgan xarajatlar.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.