328-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash tartibi

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona to'lovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga to'lovchi tomonidan to'lanadi.

To'langan va undirilgan bojxona to'lovlarining hisobi bojxona organlarining axborot tizimida yuritiladi.

To'langan bojxona to'lovlaridan olingan mablag'lar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki to'lanishi bojxona rasmiylashtiruviga bog'liq bo'lmagan bojxona to'lovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida bojxona organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o'tkaziladi, bundan ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan holat mustasno.

Ushbu Kodeksning 262, 269 va 270-moddalariga muvofiq tovarlarni deklaratsiyalashda to'langan bojxona to'lovlari lozim darajada to'ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilishi yakunlangandan so'ng O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o'tkaziladi.

Bojxona to'lovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, milliy valyutada to'lanadi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.