33-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Tovar yoki uni qayta ishlash mahsuloti bojxona organi identifikatsiya qila oladigan taqdirdagina tovar reeksport qilinishiga yo'l qo'yiladi, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan tovarning reeksportiga yo'l qo'yiladi, bunday holat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim.
Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ayni bir vaqtning o'zida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda yo'l qo'yiladi:
kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan bo'lsa;
tovar bojxona hududida ishlatilmagan va ta'mirlanmagan bo'lsa, bundan tovarni qaytarishga sabab bo'lgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur bo'lgan hollar mustasno;
tovar o'zgarmagan holatda turgan bo'lsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.