333-modda. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda ularning summalarini to'lash muddatlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda to'lovchi tomonidan ularning summalarini to'lash:

kechiktirib to'lash imkoniyati berilganda — kechiktirib to'lash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay;

bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan to'lovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval bo'yicha bo'lib-bo'lib to'lanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan bojxona to'lovlarining summalari to'lovchi tomonidan o'z vaqtida to'lanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sug'urta polisi yoki kafillik bilan ta'minlangan pul mablag'lari hisobidan undirib olish choralarini ko'radi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.