338-modda. Nazorat qilinishi bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirishda bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlashning miqdori
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
agar bojxona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha ma'lum qilinayotgan bo'lsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida yoki agar bojxona ombori yoxud erkin ombor sifatida bino ma'lum qilinayotgan bo'lsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam bo'lmagan summasi miqdorida — bojxona ombori yoki erkin ombor egalari uchun;
bazaviy hisoblash miqdorining o'n ming baravari miqdorida — boj olinmaydigan savdo do'konlarining egalari uchun;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravari miqdorida — bojxona tashuvchisi uchun.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.