346-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida kafillikning qo'llanilishi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Kafilning bojxona to'lovlari to'lanishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs o'rniga bojxona to'lovlari va foizlarning to'lanishini ta'minlash niyati to'g'risidagi yozma majburiyati bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida qo'llanilishi mumkin.
Kafil sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin.
Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga ta'minlash summalarini kiritish orqali bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlashni amalga oshiradi.
Kafillik bilan ta'minlanadigan majburiyat bajarilmaganligi uchun kafil va to'lovchi bojxona organi oldida solidar javobgar bo'ladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.