356-modda. Bojxona organining ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish to'g'risidagi qarori
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan e'tiboran o'n ish kuni ichida to'lovchining ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish to'g'risidagi arizasiga ko'ra qaror qabul qiladi.
Ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish to'g'risidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlarning bojxona organi tomonidan qo'shimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tug'ilganda, arizani ko'rib chiqish o'n ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi.
Ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga o'zaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
Bojxona organi ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini ko'rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.