366-modda. Tovarni kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat mavjud bo'lmagan taqdirda chiqarib yuborish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos bo'lmaydi.
Tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat mavjud bo'lmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligiga shubha tug'ilganda tovarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar oshirilgan stavkasi qo'llaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno.
Tovarlar bojxona to'lovlari to'lanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan e'tiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish to'g'risidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng ko'p qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qo'llanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona to'lovlarining to'langan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.