395-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agenti uchun bojxona imtiyozlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Diplomatik vakolatxonaning diplomatik agentlari (diplomatik vakolatxonaning boshlig'i va a'zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmagan oila a'zolari o'zlarining shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlarni, shu jumladan ro'zg'orni dastlab ta'minlash uchun kerakli bo'lgan tovarlarni bojxona chegarasidan bojxona to'lovlaridan ozod etilgan va olib o'tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda, bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallanmagan tovarlar yoki bojxona hududiga olib kirilishi yoxud bu hududdan olib chiqilishi O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo'lgan taqdirda bojxona ko'rigidan ozod etilmaydi. Bojxona ko'rigi diplomatik agent yoki uning vakolatli vakili ishtirokida o'tkaziladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.