409³-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar yozma yoki elektron tarzda yuborilishi mumkin.

Shikoyatda quyidagilar ko'rsatiladi:

1) shikoyat berilayotgan bojxona organining nomi;

2) shikoyat berayotgan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning nomi va manzili;

3) shikoyatdagi e'tirozlarni asoslantiruvchi holatlar;

4) ilova qilingan hujjatlar ro'yxati (mavjud bo'lgan taqdirda);

5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari;

6) shikoyat berilgan sana.

Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni o'z vaqtida ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar ko'rsatilishi mumkin.

Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Shikoyat shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.