48-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tovarni qayta ishlashni amalga oshirishning haqiqiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi.

Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilashda bojxona organlari qayta ishlashning vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan texnologik jarayoni to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjatlarga hamda vakolatli organning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslangan xulosalariga tayanadi.

Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanganidan keyin aniqlanadi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.