63-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish to'g'risidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat ko'rsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib kirilgan hollarda) taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda vaqtincha olib kiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.