67-modda. Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini cheklash
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Vaqtincha olib kirilgan tovardan uni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsgina foydalanishi va (yoki) uni tasarruf etishi mumkin.
Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tugaguniga qadar boshqa shaxsga o'tkazishga, basharti ushbu shaxs bojxona organlari oldida vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga bundan buyon ham rioya etilishi bo'yicha yozma majburiyatlarni o'z zimmasiga olsa, yo'l qo'yiladi.
Agar tovar davriy bojxona to'lovlari to'langan holda vaqtincha olib kirilgan bo'lsa, uni dastlab vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan butun davr uchun bojxona to'lovlarini bunday huquq boshqa shaxsga o'tkaziladigan paytga qadar, ushbu Kodeks 66-moddasining birinchi qismiga muvofiq to'lashi kerak.
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga rioya etishga doir huquq va majburiyatlar tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun boshqa shaxs taqdim etgan bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilingan paytdan e'tiboran boshqa shaxsga o'tkazilgan deb hisoblanadi.
Vaqtincha olib kirilgan tovarni ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga o'tkazilganligi dastlab belgilangan vaqtincha olib kirish muddatini to'xtatib turmaydi va uzaytirmaydi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.