85-modda. Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati ana shu tovarning mazkur bojxona rejimiga joylashtirilishini ma'lum qilgan vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat, agar ushbu Kodeksning 177-moddasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim.

Tez buziladigan tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng ko'p muddati o'n kalendar kunni tashkil etadi.

Bojxona omborlarida, erkin omborlarda yoki boj olinmaydigan savdo do'konlarida turgan tovar ularni tugatish to'g'risida qaror qabul qilinganidan keyin, ushbu Kodeksning 177-moddasida belgilangan muddatlarda vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar deb hisoblanadi.

Vaqtincha saqlash bojxona rejimining amal qilish muddatini hisoblash tovar ushbu Kodeksning 177-moddasiga va 226-moddasining beshinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini olgan kundan e'tiboran boshlanadi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.