98-modda. Bojxona ombori bojxona rejimini tugallash
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma'lum qilinishi kerak, bundan vaqtincha saqlash bojxona rejimi mustasno.
Boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida tovar bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.
Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojxona hududida ushbu bojxona rejimiga muvofiq foydalanish maqsadida bojxona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash muddatining o'tishi tiklanadi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.