10-modda. Oilaviy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

The text of the Law is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Oilaviy korxona kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablar belgilashga haqli emas.

Ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga oilaviy korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘laydi.

The official text is on lex.uz; check the current version there. This Latin-script copy is for reference only.