17-modda. Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirish shartlari
The text of the Law is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalar kavlab olishni, shuningdek yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni ko‘p kvartirali uyning turar joylarida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oilaviy korxona faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan normalar va qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
The official text is on lex.uz; check the current version there. This Latin-script copy is for reference only.