22-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining va yollanma xodimlarining ijtimoiy muhofazasi
The text of the Law is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Oilaviy korxona korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy muhofaza choralarini ta’minlashi shart hamda ularning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Oilaviy korxona korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilanganiga nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
Oilaviy korxonada ishtirokchilar va yollanma xodimlarning ishlagan vaqti davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladigan mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida mehnat stajiga qo‘shiladi.
Oilaviy korxona oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari hayotiga yoki sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha o‘z fuqarolik javobgarligini ish beruvchi sifatida qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartib asosida sug‘urtalashi shart.
The official text is on lex.uz; check the current version there. This Latin-script copy is for reference only.