26-modda. Oilaviy korxonaga soliq solish xususiyatlari

The text of the Law is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Oilaviy korxona qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda yagona soliq to‘lovini to‘lovchidir.

Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmaydi.

Oilaviy korxona mehnat haqi fondidan ijtimoiy fondlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar to‘laydi. Oilaviy korxona o‘zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Bunday buyumlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oilaviy korxonaga kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi.

The official text is on lex.uz; check the current version there. This Latin-script copy is for reference only.