117-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani yuborish tartibi va muddatlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi.

Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan eʼtiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak.

Ushbu Kodeks 116-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomalar boshqa shaxslarga ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan sanadan eʼtiboran koʻrsatilgan boshqa shaxslar ushbu talabnomani bajarish qismida soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchilarga tenglashtiriladi.

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.