122-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirishda ushbu Kodeksning 124-moddasi qoidalari mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma ushbu Kodeksning 116-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Bunday talabnoma soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin yuboriladi.
Bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish birinchi navbatda soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining bank hisobvaraqlarida soliq qarzining butun summasini undirish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa yoki umuman boʻlmasa, undirilmay qolgan summani undirish ushbu konsolidatsiyalashgan guruh qolgan ishtirokchilarining banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobiga undirish amalga oshiriladigan tarkibini, shuningdek oldingi ishtirokchilarning bankdagi hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, ushbu ishtirokchilardan bunday undirishning ketma-ketligini mustaqil ravishda belgilaydi.
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining soliq qarzi ushbu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilaridan biri tomonidan uzilgan, shu jumladan qisman uzilgan taqdirda, koʻrsatilgan soliq qarzini undirish tartib-taomili ushbu ishtirokchi tomonidan uzilgan qismi boʻyicha tugatiladi.
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining oʻziga nisbatan undiruv toʻgʻrisida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlar va kafolatlar tatbiq etiladi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.