231-modda. Shikoyat berish tartibi

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(231-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

Shaxsning soliq organiga yoki sudga soliq organining kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga koʻra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb eʼtirof etiladi.

(231-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat boʻyicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan boʻlsa, oʻsha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.

(231-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

(231-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

(231-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga ham shikoyat qilinishi mumkin.

(231-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi.

Yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʻrib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yoʻli bilan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olishi mumkin.

(231-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

Yuqori turuvchi soliq organidan shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni oʻsha asoslarda shikoyat bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etadi.

(231-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(231-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.