252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yoʻl, avtomobil, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qoʻshmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Imtiyozli tariflar boʻyicha yoʻl hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Safar boshlanguniga qadar xaridorlarga ishlatilmagan yoʻl hujjatlari uchun pullar qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga soliqning barcha summasi kiritiladi.
Safar tugatilganligi sababli yoʻl davomida yoʻlovchilarga yoʻl hujjatlari qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga yoʻlovchilar yurishi kerak boʻlgan qolgan masofaga tegishli miqdordagi soliq summasi kiritiladi. Bunday holda soliq bazasini aniqlashda yoʻlovchilarga haqiqatda qaytarilgan summalar hisobga olinmaydi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.