265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Ushbu Kodeksning 247 — 257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli boʻlgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini koʻpaytiradigan yoki kamaytiradigan barcha oʻzgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga koʻra hisoblab chiqariladi.
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir guruhi boʻyicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri boʻyicha alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri boʻyicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qoʻshish orqali hisoblab chiqariladi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.