315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek sugʻurta tashkilotlari qonunchilik talablariga muvofiq zaxira fondlarini tashkil etadi.

(315-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira fondlariga ajratmalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, quyidagi normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi:

banklar tomonidan — qonunchilikda belgilangan normaning 80 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

nobank kredit tashkilotlari va sugʻurta tashkilotlari tomonidan — qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan yuqori boʻlmagan miqdorda.

(315-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)

Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari sof foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxira fondlarini tashkil etish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan boʻlsa, tashkil etilgan zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi.

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.