32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Quyidagilar yuridik shaxslardir:
1) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);
(32-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar);
(32-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) xalqaro tashkilotlar.
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida boʻlgan, turgan yeri boʻyicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday boʻlinmasi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida boʻlinmasidir.
Yuridik shaxsning alohida boʻlinmasini eʼtirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi boʻyicha yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan boʻlsa, u doimiy hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida boʻlinmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida boʻlinma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.