343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
(343-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Agar dividendlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlansa, olingan dividendlarga nisbatan toʻlanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 11-bandida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy boʻyicha toʻlangan soliq summasiga kamaytirishga, agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, haqli emas.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.