355-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-kitobini taqdim etish va uni toʻlash tartibi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan oʻzi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga daromadlar toʻlangan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Agar ushbu Kodeksning 356-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, norezidentlarning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliq summasi soliq agenti tomonidan budjetga quyidagi muddatlarda toʻlanadi:
1) banklar tomonidan, bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar mustasno, — daromadlarni toʻlash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) qolganlar tomonidan, — norezidentga daromadlar toʻlangan kunning keyingi kunidan kechiktirmay.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.