371-modda. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda toʻlanadigan quyidagi barcha toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb eʼtirof etiladi:
mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
ushbu Kodeksning 372-moddasiga muvofiq ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
ushbu Kodeksning 373-moddasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya);
ushbu Kodeksning 374-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash;
haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa toʻlovlar.
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni oʻtashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar.
(371-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.